O‘zbekiston | 14:49 / 10.01.2024
2637
3 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy xodimlar qariyalarga g‘amxo‘rlik qilish sharoitlarini tekshirishga haqli ekani belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish munosabati bilan ba’zi hukumat qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: Getty Images

Vazirlar Mahkamasining ba’zi qarorlariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar «Inson» ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishni yaxshilashga yo‘naltirilgan.

O‘zgartirishlar ijro etuvchi hokimiyat organlariga kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasini taqdim etishdan avval ushbu buyurtmalar «Inson» ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari bilan kelishilgan bo‘lishi kerakligini nazarda tutadi.

Bundan tashqari, «Inson» ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari rahbarlarining qaroriga ko‘ra aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar yashash joylarida olti oygacha Milliy ijtimoiy himoya agentligi huzuridagi uy-joy fondiga ega muassasalarda ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Ijtimoiy xodimlar I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 18 yoshga to‘lmagan nogiron bola, shuningdek tibbiy muassasaning xulosasiga ko‘ra o‘zganing parvarishiga muhtoj 80 yoshdan oshgan keksalarni parvarishlash sharoitlarini tekshiradi.

Quyidagilarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi: 

• Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi nizom;
• Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan  shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risidagi nizom;
• Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va boshqalar. 

Mavzuga oid