O‘zbekiston | 12:54 / 10.01.2024
17705
2 daqiqa o‘qiladi

Jismoniy shaxslar yer solig‘i bazaviy stavkalari o‘zgardi

Jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ining bazaviy stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar, shuningdek, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari kengashlarining iqtisodiy rivojlanishga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash huquqi saqlanib qolindi.

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, joriy soliq davri uchun soliq stavkalari har yili 10 yanvargacha (ilgari 31 dekabrgacha) xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etiladi.

2024 yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlardan (uy-joy fondining ko‘chmas mulk obektlari egallab turgan yerlar) olinadigan soliq miqdori 2023 yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

Soliq kodeksining 434-moddasiga aniqlik kiritildi, unga ko‘ra ko‘p kvartirali uylar egallagan va ko‘p kvartirali uylar mulkdorlariga umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari soliq solish obekti bo‘lmaydi.

Jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlarida, shuningdek, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga soliq solish tartibi va stavkalari o‘zgarishsiz qoldi.

Soliq organlari to‘lov xabarnomalarini faqatgina qog‘oz ko‘rinishida, soliq to‘lovchiga imzo qo‘ydirib emas, balki mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq to‘lovchi nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlari maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma tarzida, shuningdek, to‘lov xabarnomasi olingani faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usullarda yetkazishi mumkin.

Mavzuga oid