Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Germaniyada namoyish qilinmoqda - Heimtextil 2024
Joriy yilning 9 yanvar kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida “Heimtextil 2024” ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi, Eksportni rag‘batlantirish agentligi xamda mamlakatimizning Berlin va Frankfurt shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida - "Made in Uzbekistan" brendi ostida 200 m2 maydonda yagona milliy stendi tashkil etildi. Ushbu stendda mamlakatimizning 20 ta yirik to‘qimachilik korxonalari o‘zlarining eksklyuziv mahsulotlarini namoyish qilmoqda.

Mazkur ko‘rgazmada 120 mamlakatdan (Italiya, Portugaliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Polsha, Turkiya, Misr, Hindiston, Bangladesh, Xitoy va boshqalar) tashrif buyurgan 2400 ishtirokchi o‘z mahsulotlarini namoyish qilmoqda.

Shu bilan birga, ko‘rgazma doirasida «B2B» formatdagi uchrashuvlar tashkil qilingan bo‘lib, bu uchrashuvlarda o‘zbekistonlik va xorijiy hamkorlar tomonidan o‘zbek mahsulotlarini Yevropa eksportini yanada ko‘paytirish bo‘yicha shartnomalar tuzilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu ko‘rgazma mamlakatimiz to‘qimachilik korxonalariga o‘zlarining mahsulotlarini nafaqat Germaniyaga, balki Polsha, Italiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Turkiya va Latviya kabi mamlakatlarga ham eksport qilishga imkon beradi.
To‘qimachilik korxonalarining ushbu ko‘rgazmada ishtirok etishi natijasiga ko‘ra jami 30 mln. dollardan ortiq summaga shartnomalar tuzilishi kutilmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 02.09.2024
O‘zbekiston ilk bor yirik to‘qimachilik va moda sanoati tadbiriga mezbonlik qiladi
21:58 / 18.03.2024
Uchta uyushma raislari o‘zgardi
07:33 / 08.04.2022
O‘zbekiston H&M, Zara va Falke kabi brendlar bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda
10:40 / 09.11.2021