Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan dronlar ishlab chiqarilishi mumkin
Eronda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan dronlarni O‘zbekistonda ham ishlab chiqarish, kelgusida ko‘rsatiladigan texnik ko‘rik xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Eron poytaxti Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan IranLab – xalqaro laboratoriya materiallari va uskunalari 11-xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi xodimlari ham ishtirok etdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, ko‘rgazma doirasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yuzasidan manfaatli muzokaralar o‘tkazildi.

Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi «Ma’muriy xo‘jalik xizmati» davlat muassasasi direktori xalqaro ko‘rgazma doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llanadigan dronlar ishlab chiqaruvchi Siran UAV kompaniyasi direktori Hadi Sharifian bilan uchrashdi.

Unda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan dronlarni O‘zbekistonda ham ishlab chiqarish, kelgusida ko‘rsatiladigan texnik ko‘rik xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
21:05 / 19.05.2025