O‘zbekiston | 07:26 / 10.01.2024
18245
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiqda yuk avtomobili YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida Chacman yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida haydovchi va yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Kecha, 9 yanvar kuni soat 20:30 larda Namangan viloyatining Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘li 225-kilometrida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlangan Chacman rusumli yuk avtomobili haydovchisi, 1988 yilda tug‘ilgan N.I. tezlikni oshirgani sababli rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilib ag‘darilgan. YTH natijasida transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan. 

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida haydovchi N.I. va yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid