Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada dunyodagi ikkinchi eng baland bino ochildi
Samsung C&T kompaniyasi 118 qavatli osmono‘par binoni foydalanishga topshirdi.
Janubiy Koreyaning Samsung C&T kompaniyasi Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda 118 qavatli osmono‘par binoni foydalanishga topshirdi.
Merdeka 118 deb nomlangan yangi bino 2024 yil yanvar holatiga dunyo reytingida ikkinchi eng baland bino hisoblanadi. Birinchisi Dubayda joylashgan Burj Xalifa minorasidir (828 metr).
Yangi osmono‘par binoning balandligi 679 metrga yetadi. Uning maydoni 674 ming kvadrat metrga yaqin. Binoda mehmonxona, ofislar, shuningdek, savdo markazi joylashgan.
Merdeka 118 qurilishi ushbu sohada jahon yetakchisi Samsung C&T maqomini tasdiqlaydi. Kompaniya avvalroq Malayziyada bir nechta osmono‘par binolarni, jumladan, yaqin vaqtgacha mamlakatdagi eng baland bo‘lgan Petronas egizak minoralarini qurgan.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025