Jamiyat | 13:20 / 11.01.2024
7312
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda materiallari tarqatilishi taqiqlangan sahifalarning yangi ro‘yxati e’lon qilindi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan Telegram, YouTube kanallar, Facebook, Instagram, TikTok sahifalar va saytlar ro‘yxatini yangiladi.

Din ishlar bo‘yicha qo‘mita ️Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan mamlakatga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxatini e’lon qildi.

Qo‘mita avvalgi ro‘yxatni 2023 yil may oyida e’lon qilgandi. 

Diniy mazmundagi quyidagi g‘oyalar aks etgan materiallar tegishli qonun hujjatlariga ko‘ra O‘zbekiston hududida tayyorlash va tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyiga qarab yoki boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoxud o‘zga shaxslar mahsulotlarini obro‘sizlantirish;
  • O‘zbekistonning mavjud konstitutsiyaviy tuzumi, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish;
  • urush, zo‘ravonlik, terrorizm, shuningdek diniy ekstremizm va separatizm g‘oyalarini targ‘ib etish;
  • milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotni tarqatish;
  • diniy e’tiqodni o‘zgartirishga da’vat qilish;
  • dindorlarning diniy tuyg‘ularini haqorat qilish yoki kamsitish;
  • fuqarolarni o‘z konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirish;
  • davlat, jamoat yoki diniy tashkilotlarning huquqlari va mol-mulkiga tajovuz qilishga undash.
  • diniy qo‘mita, ro‘yxat, taqiqlangan materiallar

Mavzuga oid