Iqtisodiyot | 10:57 / 11.01.2024
5147
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar aytildi

Respublikaning qaysi hududlarida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni ko‘proq ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Respublikada 2023 yilning 1 dekabr holatiga, chet el investitsiyasi ishtirokida 13 353 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning hududlar kesimidagi soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda – 8 446 ta.

Undan keyingi o‘rinlardan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni mos ravishda 1 554 ta va 562 ta bo‘lgan Toshkent viloyati hamda Samarqand viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Farg‘ona viloyatida – 491 ta;
  • Surxondaryo viloyatida – 356 ta;
  • Buxoro viloyatida – 338 ta;
  • Andijon viloyatida – 312 ta;
  • Namangan viloyatida – 232 ta;
  • Navoiy viloyatida – 211 ta;
  • Sirdaryo viloyatida – 203 ta;
  • Jizzax viloyatida – 179 ta;
  • Qashqadaryo viloyatida – 168 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 165 ta;
  • Xorazm viloyatida – 136 ta.

Mavzuga oid