Jamiyat | 22:38 / 11.01.2024
24094
2 daqiqa o‘qiladi

Tog‘ cho‘qqisidagi cho‘pon, eshak mingan qariyalar hamda ot choptirgan tog‘ qizi – Shohimardon va Yordon qishlog‘idan fotoreportaj  

O‘zbekistonning tog‘ bag‘rida joylashgan eksklav hududi – Shohimardon va Yordon qishlog‘ida 7 mingga yaqin aholi yashaydi. Bir muddat yopiq holatda bo‘lgan bu ikki maskanda bugunga kelib turizm rivojlanyapti. Kun.uz muxbiri hududda bo‘lib, qishloq hayotidan fotoreportaj tayyorladi.  

So‘lim qishloqqa borish uchun Vodildagi chegara postidan o‘tish kerak. Farg‘ona tumani tarkibiga kiruvchi bu ikki qishloq har doim ham sayyohlarning e’tiborida bo‘lib kelgan. 

Shohimardon va Yordon aholisi chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Deyarli har bir yordonlikning tog‘ bag‘rida bog‘i, qo‘rasida echkisi, qoramol va qo‘yi bor. Qishloqda olma, nok, o‘rik va yong‘oq yaxshi hosil beradi. Bu ikki qishloqda yetishtirilgan kartoshkaning mazasi boshqacha. Chunki u qor suvidan sug‘oriladi.

Shohimardon va yordonliklar bozorlikni Vodil qishlog‘idan qilishadi. Haftaning yakshanba kuni qishloq ahli Vodil bozoriga kartoshka, o‘rik, olma olib tushib sotib ketishadi.

Cho‘pon Abdug‘ani ota

Eshakka omoch qo‘shgan O‘ktam dehqon

83 yoshli Rahmatullo ota turmush o‘rtog‘i Salima buvi bilan
Yordonlik 92 yoshli Sirojiddin ota

Yordonliklarning “eshak” transporti
Yupqa tayyorlanish jarayoni

Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz

Mavzuga oid