AQSh husiylar hujumlarini muhokama qilish uchun Eron bilan bog‘landi
Eronning o‘zi Vashington bilan bog‘langanmi yoki uning vakillari bu masalani muhokama qilishda ishtirok etganmi yoki yo‘qmi, noma’lumligicha qolmoqda.
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Yamandagi hukmron «Ansorulloh» harakatiga aloqador husiylarning hujumlari yuzasidan Tehronga xabar yubordi. Bu haqda jurnalistlarga AQSh prezidenti ma’lum qildi.
«Biz ularga norasmiy tarzda xabar yetkazdik va har tomonlama tayyor bo‘lganimizga aminmiz», dedi Bayden.
Biroq AQSh prezidenti bu xabarning tafsilotlarini oshkor qilmadi. Eronning o‘zi Vashington bilan bog‘langanmi yoki uning vakillari bu masalani muhokama qilishda ishtirok etganmi yoki yo‘qmi, noma’lumligicha qolmoqda.
Ayni paytda Yaman husiylari Qo‘shma Shtatlarning Yaqin Sharqdagi harbiy obektlarini qonuniy nishonlari sifatida belgilagan. Harakat vakili mamlakatga raketa hujumida ishtirok etgan AQSh va Buyuk Britaniyaga «tezda javob berish» bilan tahdid qildi, shuningdek, Qizil dengiz va Bob-al-Mandib bo‘g‘ozidagi harbiy kemalar uchun xavf tug‘dirishiga ishora qildi.
Mavzuga oid
23:04 / 08.10.2024
Jo Bayden dovullar tufayli Berlinga safarini bekor qildi
21:59 / 08.10.2024
Google Play do‘konidan «Kasperskiy» antiviruslari o‘chirib tashlandi
17:53 / 08.10.2024
AQShda rezavor mevalar yetishtiruvchi vertikal ferma tashkil etildi
22:33 / 07.10.2024