Toshkent xalqaro aeroportida yashirincha olib o‘tilayotgan 1,8 mlrd so‘mlik olmoslar to‘xtatib qolindi
Bir kishi 281 karat, boshqa bir xorijiy fuqaro esa 57 dona turli o‘lchamdagi olmoslarni yashirincha olib o‘tishga uringan.
Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 mlrd so‘mlik olmoslarni olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolingan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida Dehlidan uchib kelgan yo‘lovchining paltosi cho‘ntagidan 281 karat xajmdagi olmos qimmatbaho toshlari topilgan.
Mazkur holatda yo‘lovchi bojxona nazoratiga taqdim etmagan olmoslarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 873 mln so‘mdan oshgan.
Yana bir holatda Hindistondan uchib kelgan xorijiy fuqaroning yuklari ko‘zdan kechirilganda u ham 57 dona turli o‘lchamdagi olmos toshlarini yashirincha olib kirishga uringani fosh bo‘lgan.
Bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan bu qimmatbaho toshlarning qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 942 mln so‘mdan oshgan.
Ma’lumot uchun, bojxonachilar 2023 yilda aniqlangan 394 ta qonunbuzilishi holatlarida 32,4 mlrd so‘mlik 163 kg zargarlik buyumlari, shu jumladan qimmatbaho toshlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishining oldini olishgan.
Mavzuga oid
19:02 / 21.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
17:53 / 20.11.2024
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi
20:03 / 18.11.2024
Yevropaning eng gavjum aeroporti nomi e’lon qilindi
19:31 / 14.11.2024