Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obodonlashtirish boshqarmalari funksiyalari tadbirkorlik sub’yektlariga o‘tkaziladi
Prezident «Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyat hokimliklariga davlat sherigi sifatida obodonlashtirish boshqarmasining funksiyalarini davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik sub’yektlariga o‘tkazish huquqi 6yerildi.
Bunda, 2024-2025 yillarda har bir viloyatda tajriba tariqasida kamida bittadan tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarining funksiyalari davlat-xususiy sheriklik acosida tadbirkorlik sub’yektlariga o‘tkaziladi.
Aholiga qulay sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaratish, turistik jozibadorlikni oshirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida 2024 yil 1 maydan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga jamoat joylari, ijtimoiy obektlar va aholi punktlarining belgilangan joylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish huquqi beriladi.
Bunda:
• tuman (shahar) hokimligi tomonidan jamoat sanitariya-gigiyena shoxobchalari qurilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasi hamda mazkur hududdagi infratuzilma obektlari va aholi harakati gavjumligi darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar E-auksion tizimidagi alohida veb-sahifada e’lon qilib boradi;
• sanitariya-gigiyena shoxobchalari o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025