Niderlandiya fondi O‘zbekistondagi startaplarga sarmoya kiritmoqchi
DOMiNO Ventures 5ta startapga sarmoya kiritib, ularni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro bozorlarga chiqishga yordam berishni rejalashtirmoqda.
Niderlandiya venchur fondi O‘zbekistondagi startaplarga investitsiya kiritmoqchi. DOMiNO Ventures kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida tomonlar O‘zbekistonning innovatsion ekotizimini o‘rganadi. Jamg‘arma 2024 yilda 5ta texnologik startapga sarmoya kiritish va ularni faol qo‘llab-quvvatlash, xalqaro bozorlarga chiqishga yordam berishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, startaplar uchun loyihani rivojlantirish bo‘yicha turli dasturlarni tashkil etish belgilangan
DOMiNO Ventures fondi dunyoning 8 mamlakatida faoliyat yuritadi. Kompaniyaning operatsion jamoasi Istanbulda joylashgan bo‘lib, 50dan ortiq global va mahalliy hamkorlariga ega.
Mavzuga oid

11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi

00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi

19:52 / 29.04.2025
O‘zbek tilida yozilgan birinchi startap qo‘llanmasi taqdim etildi

00:22 / 25.04.2025