Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaman hukumati AQShdan husiy isyonchilarga qarshi zarbalarni davom ettirishni so‘radi
Hukumat vakili agar keskinlashuv davom etsa, Yaman yana ikki davlatga bo‘linishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Yaman prezidentlik kengashi rahbari o‘rinbosari Aydarus Az-Zubaydiy Qo‘shma Shtatlar va Buyuk Britaniyani husiy isyonchilar pozitsiyalariga zarba berishni davom ettirishga chaqirdi. Bu haqda EFE agentligiga tayanib Interfax yozdi.
«Yamanda aholining eng katta qismi, 80-90 foizi importga qaram hisoblanadi. Husiylar esa gumanitar inqirozni kuchaytirmoqda. Agar keskinlashuv davom etsa, Yaman yana ikki davlatga bo‘linishi mumkin», dedi u.
Rasmiyning qo‘shimcha qilishicha, «Bob al-Mandib bo‘g‘ozi xalqaro ahamiyatga ega, shuning uchun xalqaro hamjamiyat uni himoya qilishi kerak».
Az-Zubaydiy Yamanning xalqaro tan olingan hukumati vakili hisoblanadi. Ushbu hukumat 2014 yildan beri husiy isyonchilari bilan to‘qnash kelmoqda. Bu hukumat Yamanning sharqini, husiylar esa mamlakat g‘arbi va shimolidagi hududlarni nazorat qiladi.
O‘tgan hafta AQSh va Buyuk Britaniya Qizil dengizda kemalarga davom etayotgan hujumlarga javoban Yamandagi husiylar harbiy nishonlariga bir qator havo zarbalarini berdi. Hujumlar Avstraliya, Niderlandiya, Bahrayn va Kanada ko‘magida amalga oshirildi. Bunga javoban husiylar Qizil dengizdagi hujumlari nishonlari doirasini kengaytirish bilan tahdid qilishdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025