Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada O‘zbekistonning halol mahsulotlarini ommalashtirish rejalashtirilyapti
London shahrida O‘zbekistonning halol mahsulotlarini ommalashtirish hamda ziyorat turizmi manzillarini targ‘ib qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston elchixonasida British Islamic Trade Association tashkilotining ijrochi direktori Eman Mustafa bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Suhbat davomida Eman Mustafa British Islamic Trade Association tomonidan tashkil etiladigan yirik ko‘rgazmalarda O‘zbekiston kompaniyalarining (halol mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda sayyohlik) ham ishtirokini ta’minlash ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga ijobiy ta’sir etishi haqida ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv yakunida Britaniya musulmon ommasiga O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish hamda Britaniyadagi halol turizm festivallarida mamlakatimiz tur kompaniyalari ishtirokini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025