Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekistonda vaksina ishlab chiqarish korxonasi tashkil etadi
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligida Xitoyning JINHAI Technology kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda chorvachilikni rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida qaratilmoqda. Biroq, chorva mollarini boqish va ularni yuqumli kasalliklardan asrash borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina.
Bugun mamlakatda tez-tez uchrab turadigan oqsil kasalligi chorva mollariga jiddiy zarar yetkazayotgani, ushbu kasallikka qarshi vaksina xorijdan olib kelinishi, bu moliyaviy xarajatlarning oshishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

JINHAI Technology kompaniyasi vakillari mazkur muammoning yechimi sifatida O‘zbekistonda chorva mollarini yuqumli kasalliklardan asrash bo‘yicha vaksina ishlab chiqaradigan hamkorlikdagi qo‘shma korxona tashkil etish taklifi berdi. Ushbu taklif vazirlik mutasaddilari tomonidan ma’qullanib, hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025