O‘zbekiston | 08:04 / 19.01.2024
11056
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda Gentra urib yuborgan 77 yoshli erkak vafot etdi

Andijon shahrida Gentra yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 77 yoshli erkakni urib yubordi, piyoda shifoxonada vafot etgan.

Foto: Videodan kadr

Andijon shahrida 13 yanvar kuni Gentra haydovchisi piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqda Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Shaharning O‘zbekiston ko‘chasida 24 yoshli haydovchi xususiy korxonaga tegishli Gentra avtomobilni boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Shu paytda yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 77 yoshli piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bir kundan so‘ng vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid