O‘zbekistonda qaysi davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi aytildi
2024 yil 1 yanvar holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 053 tani tashkil etgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 4 657 tasi qo‘shma korxonalar va 9 396 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.
Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
— Rossiya – 3 044 ta;
— Xitoy – 2 337 ta;
— Turkiya – 1 883 ta;
— Qozog‘iston – 1 064 ta;
— Janubiy Koreya – 736 ta;
— AQSh – 313 ta;
— Qirg‘iziston – 279 ta;
— Tojikiston – 278 ta;
— Ozarboyjon – 237 ta;
— Germaniya – 215 ta;
— Turkmaniston – 182 ta.
Mavzuga oid

10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi

11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi

13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi

11:21 / 23.05.2025