Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Voyaga yetmaganlar bo‘yicha inspektor-psixologlarga ota-onalarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash huquqi beriladi
Senat voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarning vakolatlarini kengaytirish nazarda tutilgan qonunni ma’qulladi.
Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 248-moddasiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun muhokama qilindi.
Qonun bilan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarning vakolatlari kengaytirilmoqda.

Jumladan, voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlarga:
– voyaga yetmaganlarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmagani uchun ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash;
– ta’lim muassasalari hududi va uning atrofida o‘quvchilar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish va maktablarda jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzish hamda belgilangan tartibda jazo chorasini qo‘llash;
– voyaga yetmaganlarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga (spirtli ichimliklarni, giyohvandlik vositalari yoki odamning aql-idrokiga, irodasiga ta’sir qiladigan moddalarni iste’mol qilishga) jalb qilgan shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilyapti.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar esa himoya orderi talablarini bajarmaslik uchun nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish huquqiga ega bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda tuman-shahar ichki ishlar organlari tarkibida 2 mingta shtat birligi asosida bevosita o‘rta maktablarda xizmat o‘tovchi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularga maktablarda psixologik muhitni yaxshilash, voyaga yetmaganlar orasida qonunbuzilishlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish hissini shakllantirish, muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash vazifalari yuklangan.
Biroq ularga o‘z vaqtida va joyida ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish vakolati berilmagani voyaga yetmaganlar hamda ularning ota-onalarining inspektor-psixologlar talablariga bo‘ysunmasligiga va amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarga bepisandlik bilan qarashiga olib kelmoqda.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlari tizimida 337 ta shtat birligidan iborat xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha inspektor lavozimlari joriy etilgan. Tazyiq o‘tkazgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxs himoya orderi talablarini bajarmagani uchun 2022 yilda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2061-moddasi bilan 2 833 ta, 2023 yilda esa 1 945 ta huquqbuzarlik aniqlangan. Ammo ularda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vakolati mavjud emas.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
13:00 / 30.04.2025