Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro shahri va tumanida 30 ming aholi xonadoni va ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz uzatish hajmi va ishonchliligi ortdi
“Sheyxoncha” gaz taqsimlash stansiyasi Buxoro shahriga tabiiy gaz yetkazib berishni yaxshilash maqsadida 2018 yil ishga tushirilgan edi.
Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi xizmat ko‘rsatadigan bu inshoot ayni paytda Buxoro shahri va viloyatidagi korxonalarga ham tabiiy gaz yetkazib beryapti.

Viloyat markazi va uning atrofida infratuzilmaning takomillashuvi va sanoat tarmoqlarining kengayishi natijasida energiyaga bo‘lgan ehtiyoj ortganini inobatga olgan “O‘ztransgaz” AJ “Sheyxoncha” stansiyasini modernizatsiya va rekonstruksiya qildi. Stansiyada “Aksa Energi” elektr stansiyasi uchun yana 1 ta qo‘shimcha tarmoq qurilgani natijasida tarmoqlar soni 3 ta bo‘ldi.

Bu bilan uning gaz uzatish quvvati ikki barobardan ko‘proqqa oshirildi. Aholiga va sanoat korxonalariga alohida tartibda bo‘lgani uchun aholining tabiiy gaz ta’minoti barqarorligi kafolatlandi chunki ularga “Sheyxoncha”dan uzatiladigan tabiiy gaz hajmi ham 25% ga oshirildi.

Stansiyada barcha qulayliklarga ega bo‘lgan va zamonaviy jihozlangan bino qurib bitkazilgani natijasida bu yerda ishlaydigan navbatchi operatorlarning ishlashi hamda dam olishlari uchun hamma sharoit yaxshilandi. Atroflari obodonlashtirilib, inshootning tashqi fasadi ham zamonaviylik kasb etgan joyga aylantirildi.