Malayziya O‘zbekistonda avtomobilsozlik sohasida qo‘shma loyihani amalga oshirishni rejalashtiryapti
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Malayziyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi yirik Proton (Perusahaan Otomobil Nasional Sdn Bhd-Proton) kompaniyasi zavodi faoliyati bilan tanishdi.

Foto: Dunyo
Tashrif davomida kompaniyaning ijrochi direktori o‘rinbosari Roslan Abdulla boshchiligidagi korxona mutaxassislari bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Xorij tomoni Malayziya kompaniyasi va «O‘zavtosanoat» o‘rtasida mamlakatda avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma investitsiya loyihasi bo‘yicha taqdimotini o‘tkazdi.
Taqdimot doirasida tomonlar mazkur loyihaning joriy holati va uni amalga oshirish muddatlari bo‘yicha fikr almashdi.
Mavzuga oid

14:25 / 19.05.2025
O‘zbekiston OTM Malayziyaning ilmiy yutuqlaridan foydalanadi

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

12:42 / 01.05.2025