Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorlari aniq belgilanadi
Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Fraksiya a’zolari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasini muhokama qilishdi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorlarini aniq belgilash va ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda fuqarolarga yengillik yaratishga qaratilgan normalar kiritilmoqda.
Qonun loyihasi bilan ma’muriy jazolar miqdorini kamaytirish, ularni bir xil ko‘rinishga keltirish, ma’muriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqqan hamda aholiga yengilliklar yaratish lozimligini inobatga olgan holda belgilanishini ta’minlash maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalariga o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Kodeksning 223- va 223-3-moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklar uchun belgilanadigan jarimalar miqdori bir xil ko‘rinishga keltirilmoqda. Bu ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va elektron ish yurituv tizimidan unumli foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi
08:54 / 17.04.2025
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi
17:25 / 02.04.2025