O‘zbekiston | 12:14 / 20.01.2024
3460
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 145-davlat bo‘ldi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2024 yil 18 yanvar kuni Kampala shahrida (Uganda) O‘zbekiston va Uganda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev va Uganda tashqi ishlar vaziri Jyejye Odongo imzoladi.

Suhbat chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdi.

Uganda TIV rahbari Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash ustuvor yo‘nalish etib belgilangan O‘zbekistonning tashqi siyosatini hamda davlat rahbari tomonidan xalqaro miqyosda ilgari surilayotgan tashabbuslarni rasmiy Kampala yuqori baholashini ta’kidladi.

Mavzuga oid