Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eron mahkumlarni topshirishda hamkorlik qiladi
Senat Eron bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni ma’qulladi. Shartnoma 2023 yil 18 iyun kuni Shavkat Mirziyoyevning Eronga rasmiy tashrifi davomida imzolangan edi.
Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani (Tehron, 2023 yil 18 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, shartnomaning ratifikatsiya qilinishi jinoyat sodir etish natijasida ozodlikdan mahrum etilgan O‘zbekiston va Eron fuqarolariga sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘z mamlakatida o‘tashlari uchun huquqiy asos va mahkumlarni topshirish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Shartnoma 2023 yil 18 iyun kuni prezidentining Eronga rasmiy tashrifi davomida imzolangan edi.
Hujjatga ko‘ra, mazkur shartnomani ratifikatsiya qilish orqali uning kuchga kirishi mahkumlarni topshirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani shakllantirib, ikki davlat vakolatli organlarining ushbu sohadagi o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshiradi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Oldinroq Italiya bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilingandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025