Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston yuk tashuvchilardan olinadigan yig‘imlarni optimallashtiradi
Turkmanistonning Arzuw news axborot agentligi "Yig‘imlar va to‘lovlar bo‘yicha Turkmaniston va O‘zbekiston ekspertlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi" sarlavhali maqola e’lon qildi.
Xabar qilinishicha, Turkmaniston va O‘zbekiston ekspertlarining so‘nggi uchrashuvi chog‘ida xalqaro yuk tashish jarayonida undiriladigan to‘lov va yig‘imlarni optimallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
"Uchrashuv chog‘ida Turkmaniston va O‘zbekiston hududlarida xalqaro yuk tashish ishtirokchilari uchun viza olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha hukumatlararo bitim loyihasini imzolashni tezlashtirish imkoniyati ko‘rib chiqildi", - deyiladi portalda.
Turkmaniston tomoni o‘zbekistonlik hamkasblarining E-permit tizimiga o‘tish tajribasini o‘rganishga qiziqish bildirdi. Bu tizim ruxsatnoma blankalarini onlayn formatda almashtirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025