Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib pul talab qilish tovlamachilik deb baholanadi
Prezident tomonidan imzolangan yangi qonun bilan Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, endilikda jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib mulk talab qilish ham tovlamachilik sifatida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:
- BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarima;
- 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- 1 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shug‘ullanish yoki belgilangan tartibni buzgan holda mayning faoliyatini amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:
- BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarima;
- 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- 1 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Shuningdek, yashirin mayningni amalga oshirish BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi
11:42 / 23.01.2025
Mashhur oshxona brendlarini shantaj qilib, pul undirishda gumonlanayotgan 3 kishi qo‘lga olindi
21:36 / 13.06.2024
Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olindi
15:48 / 07.03.2024