O‘zbekiston | 19:05 / 20.01.2024
13777
1 daqiqa o‘qiladi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi ikkiga ajratildi

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashkil etilib, Yoshlar ishlari agentligi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Foto: Wikipedia

Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi.

Bu – bugun, 20 yanvar kuni imzolangan “Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, Sport vazirligi Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasi 2-uy manzilida, Yoshlar ishlari agentligi esa Alisher Navoiy ko‘chasi 11-uy manzilida joylashadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil dekabriga qadar yoshlar siyosatini O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, sport siyosatini esa O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi yuritib kelgan, so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etilib, agentlik ushbu vazirlik huzuriga o‘tkazilgandi.

Mavzuga oid