O‘zbekiston | 12:57 / 21.01.2024
6356
2 daqiqa o‘qiladi

Angrenda DUK mas’ullari amalda bajarilmagan ishlar uchun 670 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborishdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda davlat unitar korxonasi mas’ullarining jinoyati aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, “A.I.E.” DUK mas’ul shaxslari “U.A.” YaTT bilan tuzilgan shartnomaga asosan ekskavator xizmatlari ijarasi uchun ko‘rsatilgan ishlar bajarilmagan bo‘lsa-da, YaTT “U.A.” tomonidan 670 mln so‘mlik ishlar (xizmatlar) bajarilgani haqida elektron hisob-fakturaga soxta ma’lumotlar kiritilib, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid