O‘zbekiston | 18:27 / 21.01.2024
19678
2 daqiqa o‘qiladi

Meteorit krateri joylashgan manzil – Xorazm milliy tabiat bog‘i

Xorazm, ayniqsa Xiva shahri tarixiy maskanlarga boy. Ichanqal’aga o‘xshash unikal maskanlar dunyoda kamdan kam topiladi. Lekin ko‘pchilik meteorit qulagan Uch o‘choq krateri haqida eshitmagani aniq. Bu ajoyib maskan va tabiatni asrash uchun tashkil etilgan Xorazm milliy tabiat bog‘iga “Manzil” bilan sayohat qiling.

Xorazm milliy tabiat bog‘i cho‘l-qurg‘oqchil zonada joylashgan bo‘lib, keskin kontinental iqlimi bilan ajralib turadi. Havo harorati yozda +43, +54 darajaga ko‘tarilishi, qishda esa -16, -28 darajagacha tushishi mumkin. Bog‘ning umumiy yer maydoni 21687,5 gektarni tashkil qiladi.

Bog‘da hayvonlarni sun’iy ko‘paytirish pitomnigi bor. U yerda Buxoro xonguli bug‘isi ko‘paytirilmoqda.

Milliy bog‘ning asosiy hududi joylashgan Tuproqqal’a tumanida Uch o‘choq kraterini uchratasiz. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxelogiya instituti tomonidan chop etiladigan “O‘zbekiston arxeologiyasi” jurnalining 2013 yilgi sonida bu krater qadimda meteorit qulashi natijasida paydo bo‘lgani takidlangan.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus

Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Mavzuga oid