Surxondaryoda IIBga tegishli “avtozak” Nexia bilan to‘qnashdi, ikki kishi halok bo‘ldi
Yana bir kishi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Surxondaryo viloyati Denov tumanida IIBga qarashli avtozak va fuqarolardan biriga tegishli Nexia to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 19 yanvar soat 20:00 larda sodir bo‘lgan.
Denov tumani Vodiy mahallasi hududidan o‘tuvchi “4R 108 V” avtomobil yo‘lining 3-kilometrida 50 yoshli haydovchi Nexia mashinasini boshqarib kelayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
So‘ng boshqaruvni yo‘qotib qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Surxondaryo viloyati IIB xo‘jalik bo‘limiga tegishli “GAZon Nekst” rusumli “avtozak” maxsus transport vositasining yo‘nalishiga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Nexia urib yuborgan 41 yoshli piyoda og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Nexia haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024