O‘zbekiston | 13:00 / 22.01.2024
2279
2 daqiqa o‘qiladi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Prezident qaroriga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining vazifalari belgilangan, shu jumladan:
- davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish bo‘yicha vakolatli davlat organi sifatida yagona siyosatni yuritish;
- davlat aktivlarini ochiq va shaffof xususiylashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi ulushini muttasil qisqartirib borish, xususiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish;
- davlat mulki hisobini yuritish, boshqarish va xususiylashtirish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish;
- davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarini isloh qilishda ishtirok etish va boshqalar.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‘g‘risidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:
- agentlik maqomi va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari va funksiyalari;
- markaziy apparat va hududiy bo‘linmalarning majburiyatlari va mas’uliyati;
- agentlik vakillarining asosiy funksional vazifalari va majburiyatlari;
- agentlik faoliyati samaradorligi va mahsuldorligini baholash samaradorligining mezonlari va ko‘rsatkichlari.
Agentlik huzuridagi Davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish markazi – davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va hisobini yuritish, ularni saqlash va samarali foydalanish bo‘yicha vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi, shu jumladan:
- ijaraga berishni tashkil etish, ijaraga berilgan davlat mulki obektlarini va ular bo‘yicha mablag‘larning hisobini yuritish;
- davlat muassasalari (korxonalar)ga biriktirilgan davlat mulki obektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish;
- ortiqcha qismini, shuningdek foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki obektlarini olib qo‘yish.
Mavzuga oid
13:30 / 31.10.2024
Atom energiyasi agentligining asosiy vazifalari belgilandi
07:36 / 25.10.2024
Migratsiya agentligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladi
12:00 / 19.10.2024
Rossiya «do‘st bo‘lmagan» davlatlar kompaniyalariga aktivlarini sotishni qiyinlashtiradi
11:40 / 16.10.2024