Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aholi tomonidan tuz iste’mol qilish darajasi o‘rganiladi
O‘zbekiston aholisi orasida xalqaro qabul qilingan standart metodologiya asosida keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkaziladi. Bu - «Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasida belgilangan.
Unga ko‘ra, HBSC tekshiruvi o‘tkaziladi. Unda maktab yoshidagi bolalar orasida salomatlik sohasida fe’l-atvor o‘rganiladi.
Shuningdek, GYTS tekshiruvi tashkillashtiriladi. U maktab o‘quvchilari orasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning tarqalganligini o‘rganishga qaratilgan.
Bundan tashqari, STEPS tekshiruvi mo‘ljallangan. U katta yoshdagi aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavfli omillarining tarqalganligini o‘rganishga aloqador.
Anemiya (temir moddasi, V12 vitamini yetishmasligi), yod yetishmasligi, foliy kislotasi va A vitamini yetishmasligining tarqalganligi va sabablarini o‘rganish ham rejalashtirilmoqda.
Aholi tomonidan tuz iste’mol qilish darajasini o‘rganish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari
18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi
16:55 / 25.03.2025
Ko‘zga ohak yoki yot jism kirganda nima qilish kerak? Mutaxassis javob berdi
14:43 / 19.03.2025