Jamiyat | 18:57 / 22.01.2024
8758
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Pul va vaqtimni yo‘qotyapman”: qanday qilib xarajatlarni kamaytirib, to‘lovlar vaqtini tejash mumkin?

Yildan yilga ko‘plab foydalanuvchilar barcha xarajatlar uchun onlayn to‘lov usulidan foydalanmoqda. Ushbu usul nafaqat qulay va xavfsiz, balki vaqt va pulni tejashga ham yordam beradi. Biroq, shunday bo‘lishiga qaramay, ushbu to‘lov usuliga o‘tishga to‘sqinlik qilayotgan omillar mavjud.

Foto: Payme

Bu borada qahramonimiz — Ahmad o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi: “Men 38 yoshdaman, barcha xizmatlar uchun onlayn to‘lov usulidan foydalanaman. Bu meni uzundan-uzun navbatlardan va bank kassalariga borishga sarflanadigan vaqt va ortiqcha xarajatlardan saqlaydi. Ushbu to‘lov usuli men uchun qulay, uning yordamida men uy yoki ishdan turib, barcha kerak xizmatlarim uchun to‘lovni amalga oshiraman. Buning uchun Internet bo‘lsa bas!”, — deydi u.

Uy bekasi, yakka tartibdagi tadbirkor — Shahnoza ham faoliyati va oilaviy hayotida onlayn to‘lovlardan foydalanish tajribasi bilan bo‘lishdi: “Men 25 yoshdaman, to‘y marosimlarining tashkiliy ishlari bilan shug‘ullanaman, shuning uchun ham ko‘p ishlashga to‘g‘ri keladi. Onlayn to‘lovlar esa ishimni ancha yengillashtirib, uni qulay va xavfsiz qildi. Ilgari ishim bilan bog‘liq barcha xizmat va xarajatlarni to‘lash uchun o‘zim bilan katta miqdorda naqd pulni olib yurardim. Yo‘l xarajatlarini esa gapirmasa ham bo‘ladi. Hozir esa Payme ilovasi orqali ishim bilan bog‘liq barcha xarajatlarni uydan chiqmasdan to‘lashim mumkin. Buning uchun Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishim kifoya!”, — deydi Shahnoza.

Yana bir omil – pulni yo‘qotishdan qo‘rqishdir. Ammo xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, ushbu xavfni kamaytirish mumkin. Yodda tutingki, onlayn to‘lovni amalga oshirayotganingizda, sizdan hech qachon shaxsiy ma’lumotlaringiz va SMS xabarlardagi kodlar so‘ralmaydi!

Tobora ko‘plab odamlar onlayn to‘lov usulini tanlamoqda. Keling, birgalikda ularning foydalanish tajribasi haqida bilib olamiz.

Ofis menejyeri — Sanjarda ham shunday shubhalar bo‘lgan: “Men 29 yoshdaman, boshida onlayn to‘lovlarga ishonmaganman va barcha yumushlarim uchun naqd pul bilan to‘laganman. Bir do‘stim menga onlayn to‘lov usuliga o‘tishimni tavsiya qildi. Ushbu usul menga yoqdi, endi bir necha daqiqada barcha to‘lov va xaridlarim uchun to‘lashim mumkin. Onlayn to‘lovlar orqali men kommunal va davlat xizmatlari, YXXBB jarimalarini tez to‘layman, bundan tashqari Payme ilovasida yaqinlarimga pul o‘tkazaman. Eng muhimi, pulim xavfsiz joyda!” — deydi Sanjar.

Ko‘pchilik odamlar texnologiyalar bilan bog‘liq o‘zgarishlardan qo‘rqishadi. Masalan, uch farzandning onasi — Umida, o‘z qo‘rquvi bilan bo‘lishdi: “Men 53 yoshdaman, shu paytgacha onlayn to‘lov usulidan foydalanishga qo‘rqardim, lekin farzandlarim menga Payme ilovasini o‘rnatib, u bilan foydalanishni o‘rgatdi. Endi men barcha kommunal xizmatlari uchun uydan chiqmasdan tez va xavfsiz to‘lay olaman”, — deydi Umida.

Payme ilovasining qulayligi qahramonlarimizni uzun navbat va ortiqcha yugurishlardan xalos qildi! O‘zbekiston aholisining uchdan bir qismi allaqachon Payme mijoziga aylanishga ulgurishdi. Umumiy foydalanuvchilarning soni esa 11 milliondan oshdi. Ilova har kuni 700 mingdan ortiq o‘tkazmalarni amalga oshiradi.

Havola orqali o‘tib, Payme ilovasini hoziroq yuklab oling!

Reklama

Mavzuga oid