Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transport egalarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir majburiyatlari alohida belgilandi
“Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonun bilan transport egalarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir majburiyatlari hamda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari alohida belgilandi.
“Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan yo‘l egasining huquq va majburiyatlari, transport egalarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir majburiyatlari hamda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari alohida belgilandi.
Yo‘l qaysi korxona, muassasa, tashkilot yoki jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘shalar yo‘l egasi hisoblanadi.
Yo‘l egasi yo‘llarni qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishib olish va tasdiqlashda, shuningdek ta’mirlash ishlarini tashkil etishda ishtirok etish huquqiga ega.
Transportni o‘z xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarish uchun, shu jumladan transportning mulkdori yoxud boshqa egasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga yoki fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomaga asosan boshqaruvchi shaxs transport vositasining egasi bo‘lmaydi.
Transport egalari:
texnik jihatdan soz transportdan foydalanishi;
transportning tegishli malakaga ega va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan shaxslar tomonidan boshqarilishiga ijozat berishi;
transportdan foydalanish chog‘ida boshqa shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga va (yoki) mulkiga zarar yetkazganlik uchun o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishi;
transportning alkogoldan mast holatda yoki psixoaktiv moddalar ta’siri ostida yoxud o‘ta charchoq holatda bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqarilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi
09:45 / 11.04.2025
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi
11:43 / 10.04.2025