O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni avtomobilsozlikda yangi loyihani amalga oshirishi mumkin
Ar-Riyod shahrida qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida mamlakatdagi Orient Motors kompaniyasi vakillari va Saudiya Arabistoni Investitsiya vazirligi xorijiy investitsiyalarni jalb etish departamenti mas’ul vakili Faiz Abdulloh o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini jadallashtirish, xorijiy investitsiyalar almashuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Orient Motors kompaniyasi vakillari rejalashtirilgan biznes loyihani taqdim etdi. Xususan, avtomobilsozlik sohasidagi yangi investitsiyaviy loyihani birgalikda amalga oshirish taklifi ilgari surildi.
Saudiya vakili o‘zbek tomonining takliflari hamkorlik uchun muhim yo‘nalishlardan biri ekanligini ta’kidlagan holda ushbu loyihani amalga oshirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida kompaniya vakillari va Saudiya Arabistoni Investitsiya vazirligi investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha departamenti mutaxassislari o‘rtasida navbatdagi uchrashuvni tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:25 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024