Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik 100 dan ortiq talabaga Xitoyda grant asosida ta’lim olish imkoniyati beriladi
22-23 yanvar kunlari Xitoyning Pekin shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda XXR Ta’lim vazirliklari tomonidan tashkil etilgan ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda O‘zbekistondan 37 nafar va Xitoydan 110 nafar yetakchi OTM rektorlari, jami 250 nafar ishtirokchi qatnashdi. Bu haqda OTFIV xabar berdi.
Tadbir doirasida 4 ta yo‘nalishda – aniq fanlar, muhandislik, qishloq xo‘jaligi, AKT, gumanitar fanlar, tibbiyot va farmatsevtikaga bag‘ishlangan panel sessiyalar tashkillashtirilgan.
Vazirlik matbuot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ikki davlat OTMlari o‘rtasida 70 ta ikki tomonlama va 5 ta oliy ta’lim muassasalari qo‘shma ta’lim dasturlari kelishuviga erishilganini ma’lum qildi.
“Bu qo‘shma ta’lim dasturi asosida 300 dan ortiq talabalar Xitoyning ilg‘or universitetlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, forum doirasida 100 dan ortiq O‘zbekiston talabalari uchun grant dasturlarini tashkil etishga kelishildi”, – dedi u.
Shuningdek, forumda O‘zbekiston va Xitoy OTMlari o‘rtasida institutsional platforma yaratish, Xitoy-Markaziy Osiyo ta’lim hamkorligi modelini shakllantirish, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlar va innovatsion loyihalar deklaratsiyasi qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimi 2 oydan beri vakant turibdi. 2023 yil dekabr oyigacha bu lavozimni hozirgi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov egallab kelayotgandi.
Mavzuga oid
09:40 / 16.04.2025
AQSh O‘zbekistonga ajratiladigan grantni bekor qildi
16:57 / 14.04.2025
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston ta’lim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025