Surxondaryoda qoidabuzar haydovchi aholi punktida mashinani soatiga 182 km tezlikda boshqardi
Qoidabuzar Chevrolet Equinox mashinasining davlat raqamini yechib harakatlangan.

Foto: YHXB matbuot xizmati
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 22 yanvar kuni tunda soat 20:08 da M-39 Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lida qayd etilgan.
Termiz tumani Lolazor mahallasi hududidagi radar uskunasiga davlat raqami yechib olingan Chevrolet Equinox soatiga 182 km tezlikda harakatlanib o‘tgan.
Ma’lum bo‘lishicha, qoida buzilgan joy aholi maskani hisoblanib, bu yerda maksimal harakatlanish tezligi soatiga 70 km (+5 km) etib belgilangan.
Chevrolet Equinox ushbu xatti-harakati bilan MJtKning 125-moddasi 5-qismida (Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarishi – BHMning 5 barobari miqdorida jarima) va 128-3 prim moddasi 3-qismida (Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi – BHMning 9 barobari miqdorida jarima) ko‘rsatilgan qoidabuzarliklarni sodir etgan.
Qayd etilishicha, ushbu haydovchini topish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid

22:28 / 16.04.2025
Toshkentda yo‘l talashgan Spark haydovchisi temir bilan Matiz haydovchisini urdi

11:41 / 16.04.2025
Moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 1 oktyabrgacha uzaytirildi

20:14 / 13.04.2025
«Radar ovlovchi» – Andijonda haydovchi 52 ta radarni pnevmatik miltig‘i bilan ishdan chiqardi

23:16 / 11.04.2025