Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aviaqatnovlar haftasiga yuztaga yetkaziladi
Shuningdek, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniyalar soni ham oshiriladi.
Xitoy poytaxti Pekin shahrida O‘zbekiston Transport vazirligi delegatsiyasi hamda Xitoy aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida kelishuv bayoni imzolandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, kelishuv bayoni tomonlar o‘rtasida aviaqatnovlar hajmini haftasiga yuztaga (har ikki mamlakat aviakompaniyalari tomonidan elliktadan) olib chiqish, parvozlar geografiyasini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston va Xitoy aviakompaniyalari uchun ikki mamlakatning istalgan shahriga parvoz etish imkoniyatini yaratish (hozir parvozlarni amalga oshirish uchun 7 ta shahar belgilangan), shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi 3 ta aviakompaniya sonini oshirishni nazarda tutadi.
Kelishuv Xitoy aviatsiyasi ma’muriyati tomonidan mamlakat qonunchiligiga muvofiq ichki kelishuv jarayoni tugatilgandan so‘ng, joriy yil aprel oyida ikki mamlakat aviatsiya hukumatlarining qo‘shimcha uchrashuvi yakunlariga ko‘ra kuchga kiradi.
Mavzuga oid
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi
09:45 / 11.04.2025
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi
11:43 / 10.04.2025