Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tadbirkorlar reytingi joriy etiladi
1 fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi tadbirkorlik sub’yektlari barqarorlik reytingi joriy etiladi. Reytingi yuqori tadbirkorlar davlat mukofotlariga tavsiya etiladi.
“Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.
Reyting doirasida tadbirkorlar quyidagi toifalarga ajratiladi:
- AAA, AA va A toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
- VVV, VV va V toifalar – o‘rta barqarorlik reytingi;
- SSS, SS va S toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
- D toifa – quyi barqarorlik reytingi.
Reyting Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar har yili 20 avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash uchun davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoniga tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025