Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyni O‘zbekiston bilan bog‘laydigan yangi savdo yo‘li ochildi
Yangi savdo yo‘li O‘zbekistonni Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Sindao shahri bilan bog‘laydi.
Xitoy sharqiy qismini Markaziy Osiyo bilan bog‘laydigan yangi yo‘nalish ochildi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, vazirlik hamda O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi tomonidan Xitoyning tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda yangi yo‘nalishda yuk tashuvlarini amalga oshirish boshlandi.
Mazkur yangi savdo yo‘li O‘zbekistonni Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Sindao shahri bilan bog‘lab, yuk tashuvlarini tez, tejamkor va xavfsiz amalga oshirish imkonini bermoqda.
O‘zbekistonlik milliy tashuvchilar ushbu yo‘nalish bo‘ylab TIR Carnet kitobchasini qo‘llagan holda Qozog‘istondan tranzit o‘tib, Xorgos orqali Xitoyning Sariq dengiz qirg‘oqlarida joylashgan Sindao shahriga va u yerdan ortga yuk tashuvlarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Ushbu yangi savdo yo‘lagi orqali yuklar avtomobil transportida “eshikdan eshikkacha” tamoyili asosida qisqa vaqtda o‘z egalariga yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi haydovchilarning viza olish, tashuvlarni amalga oshirish uchun xalqaro ruxsatnoma blankalari bilan ta’minlash, xorijiy davlatlar bojxona nazoratidan o‘tish jarayonida vujudga kelayotgan masalalarni qisqa fursatlarda hal qilishda korxonalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
15:16 / 10.05.2025
Irkutskda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi
08:12 / 29.04.2025