Namangan viloyati hokimligi «Navbahor» futbol klubiga 2,5 mlrd so‘m ajratdi
Namangan viloyati hokimining tegishli farmoyishlari bilan «Navbahor» futbol klubiga viloyat budjeti zaxira jamg‘armasidan dastlab 500 mln so‘m, keyin esa yana 2 mlrd so‘m ajratildi. Bu mablag‘lar futbol klubining moliyaviy holatini tiklash, mavsum oldi yig‘inlarini yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun yo‘naltiriladi.
Namangan viloyati hokimligi budjeti zaxira jamg‘armasidan «Navbahor» futbol klubi uchun 2,5 mlrd so‘m ajratiladi. Bu haqda 19 va 25 yanvar kunlari viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning tegishli farmoyishlari imzolangan.
«E-qaror» yagona elektron tizimga joylashtirilgan hujjatlarga ko‘ra, viloyatda futbolni rivojlantirish va bosh jamoa bo‘lgan «Navbahor lochinlari» professional futbol klubini moliyaviy holatini tiklash, mavsum oldi yig‘inlarini yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun dastlab 500 mln so‘m, olti kundan keyin esa yana 2 mlrd so‘m ajratilgan.
Avvalroq, Toshkent shahar hokimiyati «Paxtakor» klubiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, kommunal xizmatlar va o‘yin o‘tkazish xarajatlarini qoplab berish uchun 7 mlrd so‘m ajratgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qaroriga ko‘ra, 11 ta futbol klubi xususiylashtiriladi. Xususan, «O‘zbekneftgaz» tashkiloti tomonidan «Nasaf», «Buxoro», «Mash’al» klublari, «O‘zbekiston temiryo‘llari» tomonidan «Lokomotiv» klubi, «O‘zMetkombinat» tomonidan «Metallurg» klubi, Olmaliq tog‘-kon kombinati tomonidan OKMK futbol klubi, Toshkent shahar hokimiyati tomonidan «Paxtakor» va «Bunyodkor» klubi, Samarqand viloyati hokimiyati tomonidan «Dinamo» klubi, Namangan viloyati hokimiyati tomonidan «Navbahor» klubi, Qashqadaryo viloyati hokimiyati tomonidan «Sho‘rtan» klubidagi davlat ulushi to‘liq sotuvga chiqariladi.
Mavzuga oid
16:39 / 15.11.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosarining qilmishi yashirilmoqda: yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qoladimi?
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
18:33 / 02.10.2024
Namanganda qadimiy yerosti yo‘laklari, isitish tizimi va sopol quvurlar topildi
21:19 / 05.09.2024