Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odam savdosida ayblanib, Turkiyada ushlangan ikki ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
Odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol Istanbulda ushlangani haqida xabar berilgandi. Ushbu ayollar mamlakatga deportatsiya qilindi.
Odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1985 yilda tug‘ilgan Dilnoza Umarova va 2017 yildan buyon Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1983 yilda tug‘ilgan Mavluda O‘lmasovalar Istanbul shahridagi bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Mazkur fuqarolar O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilning 10 yanvar kuni qo‘lga olingan.
Ushbu shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbul shahridagi bosh konsulxonaga yoki Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘ralgan.
Mavzuga oid
00:30 / 27.05.2025
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
16:22 / 20.05.2025
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi
20:52 / 15.05.2025