O‘zbekiston | 11:01 / 26.01.2024
1762
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston National Geographic Traveler Readers’ Awards mukofotiga da’vogarlik qilyapti

Mukofotga O‘zbekistondan tashqari Misr, Kolumbiya, Marokash va Peru da’vogarlik qilmoqda.

O‘zbekiston Ispaniyaning National Geographic Traveler Readers’ Awards nashri tomonidan e’lon qilingan tanlovning «Eng yaxshi xalqaro yo‘nalish» nominatsiyasida asosiy mukofotga da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, ovoz berish nashr veb-saytida 2024 yil 18 yanvardan 11 fevralgacha 15 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi. Ovoz berishning yakuniy natijalari 18 aprel kuni jurnalning may oyidagi sonida, shuningdek, National Geographic Viajes veb-saytida e’lon qilinadi.

Jarayon davomida O‘zbekistonga ovoz berish mumkin. Mazkur nominatsiyaga O‘zbekistondan tashqari Misr, Kolumbiya, Marokash va Peru da’vogarlik qilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid