Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Dubaydagi yangi bosh konsuli faoliyatini boshladi
44 yoshli Kamol Ikromov O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulligiga rahbarlik qiladi.
O‘zbekistonning Dubay shahrida yangi tayinlangan bosh konsuli Kamol Ikromov Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo‘limi direktori Shayx Maktum bin Butiy Ol Maktum bilan uchrashdi va konsullik patentini qabul qildi.
Shayx Ol Maktum yangi tayinlangan bosh konsulni Amirliklardagi diplomatik missiyasining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi va uning diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Iqtisodiyot, savdo, sarmoya, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, turizm, fan va madaniyat sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari xususida fikr almashildi.
Tomonlar O‘zbekiston va BAA fuqarolarini o‘zaro viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risidagi bitim imzolangani so‘nggi yillarda ikki davlat erishgan o‘zaro anglashuvning yuksak darajasi va hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorlikning tasdig‘i ekanligini qayd etishdi.
Kamol Ikromov 44 yoshda. U 2018-2023 yillarda O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan. Kamol Ikromov O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulligiga 2019-2024 yillarda rahbarlik qilgan Alisher Salomov o‘rniga tayinlandi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi konsullik okrugiga Dubay, Sharja, Ras al-Xayma, Ajman, Umm al-Kuvayn va Fujayra amirliklari kiradi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025