Toshkentda YTH oqibatida bir kishi vafot etdi
Chilonzor tumanida "Malibu-2" va "Spark" ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida "Spark" haydovchisi voqea joyida vafot etdi.
Joriy yilning 26 yanvar kuni soat 02:20 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi Chilonzor buyum bozori qarshisida yo‘l-transport hodisasi kuzatildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2004 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvida bo‘lgan "Malibu-2" rusumli avtomashinasi hamda 1997 yilda tug‘ilgan B.B. boshqaruvida bo‘lgan "Spark" rusumli avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida "Spark" rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, "Spark"ning 1 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
"Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz", deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:05 / 30.09.2024
Chilonzordagi maktabda o‘quvchini urgan ayol jarimaga tortildi
14:00 / 18.09.2024
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
11:51 / 24.08.2024
Chilonzordagi “Oltin markazi” oldida bezorilik sodir etganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
07:39 / 15.08.2024