O‘zbekiston | 07:54 / 26.01.2024
4356
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoy O‘zbekiston uchun 6,5 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlashda ishtirok etdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xitoyning eng yirik «Sinxua» axborot agentligi hamda ingliz tilidagi mashhur Psearcher jurnalida inson kapitalini rivojlantirish sohasidagi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligiga bag‘ishlangan maqolalar chop etildi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, manbalar prezident huzuridagi davlat boshqaruvini rivojlantirish agentligi xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Timur Abdullayevning O‘zbekiston – Xitoy hamkorligi kadrlar tayyorlash va inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik mavjud salohiyatni to‘liq ochishga yordam beradigan eng muhim yo‘nalish ekanligi haqidagi so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

«O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida 600 dan ortiq talaba xitoy tilini asosiy til sifatida o‘rganmoqda. Bundan tashqari, u butun mamlakat bo‘ylab ko‘plab ta’lim markazlarida fakultativ sifatida taklif etiladi, - deb xabar qilmoqda OAV. – Xitoy tarixi, madaniyati va an’analarini o‘rganishni targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida xitoy tili markazlari tashkil etilib, ular o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘lkashunoslik bo‘yicha darslik va materiallar bilan ta’minlandi. Toshkent va Samarqandda Konfutsiy institutlari faoliyat ko‘rsatib, ularda 1 200 ortiq O‘zbekiston fuqarolari xitoy tilini o‘rganmoqda».

Kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik davom etmoqda, bu ikki xalqning yaqinlashishiga xizmat qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda Xitoy O‘zbekiston uchun 6,5 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlagan va bu mamlakatni isloh qilish va rivojlantirishga faol hissa qo‘shmoqda. 

O‘zbekiston davlat xizmatchilarining Xitoyda malaka oshirish kurslarini tashkil etish borasida ham samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Oxirgi besh yilda 4,2 mingga yaqin davlat xizmatchisi ushbu dasturlarda ishtirok etdi. Malaka oshirish dasturlari qashshoqlikni qisqartirish, qishloq xo‘jaligi, davlat boshqaruvi, tadbirkorlik, iqtisodiyot va moliya, energetika, ta’lim, turizm va boshqa sohalarni qamrab oldi.

Mavzuga oid