Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chorvachilik xo‘jaliklariga nasldor qoramol va qo‘y, echkilar uchun subsidiya ajratiladi
Davlat tomonidan xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga subsidiya ajratiladi.
Hukumat qarori bilan «Chorvachilik xo‘jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, chorvachilik xo‘jaliklariga 2025 yil 31 dekabrgacha davlat tomonidan xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 mln so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m miqdorda subsidiya ajratiladi.
Subsidiya oluvchi xorijiy davlatdan nasldor qoramolni olib kelgandan so‘ng tuman komissiyasiga subsidiya olish uchun «Agrosubsidiya» AT orqali murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilanadi:
- xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkining kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
- xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkini sotib olish bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va to‘lov topshiriqnomasi nusxasi;
- bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;
- xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarning elektron identifikatsiya bazaga kiritilganligi.
Subsidiya oluvchining arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi.
Subsidiya mablag‘i subsidiya oluvchining tijorat bankidagi asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
15:58 / 12.05.2025