Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tashkent city” hududidagi binoning 15-qavatidan odam qulab tushgani haqidagi xabar rad etildi
FVVning ma’lum qilishicha, rejaviy maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazilgan. Tarmoqda tarqalgan tasvirlarda mazkur o‘quv mashg‘ulotlari aks etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda "Tashkent city" hududidagi binoning 15-qavatidan odam qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, 28 yanvar kuni FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi shaxsiy tarkibi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakt qilish bo‘yicha rejaviy maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazilgan.
Unda jabrlanganlarni xavfsiz joyga olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inlar va avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarilgan. O‘quv mashg‘ulotlari davomida hech kim jabrlanmagan.
Mavzuga oid
10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi
16:35 / 06.04.2025