Jahon | 18:36 / 29.01.2024
17188
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston prezidenti aholini ikki yillik oziq-ovqat zaxirasini to‘plashga chaqirdi

Emomali Rahmon dunyoda iqlim o‘zgarishi, aholi sonining ko‘payishi, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi bu masalani ayniqsa dolzarb qilib qo‘yayotganini alohida ta’kidladi. 

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat aholisini ikki yillik oziq-ovqat zaxiralarini yaratishga chaqirdi. 

«So‘nggi yillarda men har doim aytganman, mamlakatdagi har bir oila ikki yilga yetadigan zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi kerak», dedi prezident har yili nishonlanadigan Sada bayrami sharafiga yuborilgan tabrigida.

Rahmon dunyoda iqlim o‘zgarishi, aholi sonining ko‘payishi, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi bu masalani ayniqsa dolzarb qilib qo‘yayotganini alohida ta’kidladi.

Shu nuqtai nazardan, ikki yilga mo‘ljallangan oziq-ovqat zaxiralarini yaratish, uning fikricha, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim chorasiga aylanadi. 

«Har bir inson yanada ko‘proq mehnat qilishi, yer-suvdan unumli va oqilona foydalanishi, imkon qadar ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishi, milliy strategik maqsad – mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini muhofaza qilishga o‘z hissasini qo‘shishi zarur», deb ta’kidladi prezident.

Mavzuga oid