Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon 10 yilga qamaldi
Sud uni davlat sirlarini oshkor qilishda aybdor deb topdi. Xon bilan birga, Pokistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy ham xuddi shunday jazoga tortildi.
Pokiston sudi sobiq bosh vazir Imron Xon va sobiq tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiyni davlat sirlarini oshkor qilish bilan bog‘liq ish bo‘yicha 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Sudya Abul Hasnat Zulqarnayn sud qarorini og‘zaki ravishda Ravalpindidagi Adiala rejimi kuchaytirilgan qamoqxonasida saqlanayotgan Xon va Qurayshiyga yetkazdi.
Xon va Qurayshiy a’zo bo‘lgan Pokiston Adolat harakati partiyasi (PAHT) matbuot kotibi Sayid Zulfiqor Buxoriy so‘zlariga ko‘ra, hukm ustidan Oliy sudga apellyatsiya beriladi.
Sobiq bosh vazir 2023 yil 5 avgust kuni korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olinib, qamoqqa jo‘natilgan edi.
29 avgust kuni Pokiston sudi Xonning uch yillik qamoq jazosini to‘xtatib turdi va uni garov evaziga ozod qilish haqida hukm chiqardi. Biroq, 30 avgust kuni Xon «davlat sirlarini oshkor qilish»da ayblanib, yana hibsga olindi.
Sobiq tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy 2023 yil 19 avgust kuni Islomoboddagi uyidan hibsga olingan va xuddi shu sabab bilan qamoqqa mahkum qilingan edi.
Mavzuga oid
15:29 / 20.11.2024
O‘zbekiston Pokiston dengiz portlari orqali yangi bozorlarga kirish imkonini o‘rganmoqda
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
15:12 / 09.11.2024